Umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Umumta’lim maktabida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tashabbusi bilan shahardagi 2-umumta’lim maktabida Federatsiya tayanch guruhi (boshlang‘ich tashkiloti) faoliyatini yo‘lga qo‘yish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

E’tiborlisi o‘tkazilayotgan targ‘ibot tadbirlarida shahar hokimligi mas’ullari ham ishtirok etib, yurtimizda iste’molchilik ijtimoiy harakatini keng quloch yoyishi, aholining huquqiy savodxonligi va iste’mol madaniyatini oshirilishi, aholining turli qatlamlari vakillari o‘rtasida jamoatchilik nazoratini keng targ‘ib qilish ishlariga o‘zlarining beminnat hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. Xususan mazkur tadbirda shahar hokimligi bosh mutahassisi D. Abduvohidov ishtirok etib, «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi» mazmun-mohiyati, undan kelib chiquvchi vazifalar, Taraqqiyot strategiyasida ko‘zda tutilgan maqsadlarni amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tutgan o‘rni va roli xususida fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdi.

Tadbirda so‘z olgan shahar jamiyati raisi A.No‘monov O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy ijro etuvchi organlari tomonidan 2021 yilda amalga oshirilgan ishlar, joriy yil istiqboldagi rejalar xususida yig‘ilganlarga axborotlar berib o‘tib, tadbir ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar qaytardi.

O‘tkazilgan tadbir yakunlariga tashkilotda Federatsiyaning boshlang‘ich tashkiloti faoliyati yo‘lga qo‘yiladigan bo‘ldi.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment