Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida
Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni targ‘iboti yuzasidan joylarda turli tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinayotir. Navbatdagi muloqotlar tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 2 va 25-umumta’lim maktablari o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lib o‘tdi.
“Iste’molchilar huquqlari qonun himoyasida” deya nomlangan davra suhbatlarida tuman jamiyati mutassadilar tomonidan fuqarolarning qonunda belgilangan huquq va majburiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi. Shuningdek iste’molchilik ijtimoiy harakatining jamiyat hayotida tutgan o‘rni va roli, mazkur harakatning aholining huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirishdagi ahamiyatiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi, uning quyi tuzilmalari, jumladan Toshloq tuman jamiyati tomonidan fuqarolarning iste’molchilik huquqlarini himoya qilish, iste’mol madaniyatini oshirish borasida olib borilgan ishlar haqida ham to‘liq ma’lumotlar berildi.
Maktab jamoalari uchrashuvdan katta taassurotlar olish barobarida o‘zlarida mavjud muammolar haqida gapirib ularga yechim topishda ko‘mak so‘radilar. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal qilingan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab qilinganlariga qonunchilikda belgilangan muddatda javob qaytarilishi tushintirildi.
Husnidaxon Yakubova
Toshloq tuman IHHQ jamiyati mutahassisi
Post Comment