Asosiy e’tibor iste’molchilarning huquqiy madaniyatini oshirishga qaratildi
Bugun Furqat tuman hokimligi majlislar zalida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Begzodjon Ibragimov ishtirokida brifing o‘tkazildi. Unda tumandagi korxona, tashkilot va muassasa xodimlari, OAV vakillari ishtirok etdi.
Brifingda tuman jamiyati raisi B.Ibragimovning “Furqat tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan 2021 yil davomida va joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar” xususidagi axboroti tinglandi.
Jamiyat raisi tuman jamiyati tomonidan olib borilayotgan ishlar, iste’molchilarning huquq va manfaatlarini ta’minlash borasidagi sa’yi-harakatlar xususida to‘xtalib o‘tdi. B.Ibragimovning ta’kidlashicha, ko‘p hollarda iste’molchilarning huquqlari buzilishiga fuqarolarning huquqiy savodhonligi yetarli darajada emasligi bilan bog‘liq. Bu borada jamiyat xodimlari targ‘ibot ishlarini yanada jonlantirib, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga hamohang ish olib borayotganligini aytib o‘tdi. 2022 yil – “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” da fuqarolarimizning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odamlarni har bir o‘tayotgan kunidan rozi bo‘lib yashashi, farovon turmush kechirishi, bir so‘z bilan aytganda Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda hamjihatlikda ishlash zarurligini ta’kidladi.
Brifing yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan jamiyat raisiga yuzlanishdi.
Durdona G‘offorova
Furqat tuman IHHQ jamiyati xodimi
Post Comment