Bekor bo‘lgan aviareys chiptasi puli qaytarildi

Bekor bo‘lgan aviareys chiptasi puli qaytarildi

Rishton tumani iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatida Pandigon MFY xududida yashovchi fuqaro S.Raximovning bekor qilingan aviareys chita pulini qaytarib olish bo‘yicha qilgan murojaati o‘rganildi.

Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi 2022 yilning 14 martida tumandagi “Omadli yurt farovonligi ” MChJ ga qarashli aviakassadan Namangan (O‘zbekiston) – Yekaterinburg Kolsovo (Rossiya) yo‘nalishida uchuvchi, Uralskie avialinii kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladigan U6-2964 aviareysga 2965000 (ikki million olti yuz to‘qson besh ming) so‘mga chipta sotib olgan. Lekin u 2022 yilning 16 martida amalga oshiriladigan mazkur reysni bekor qilinganligi to‘g‘risida xabar topgach, aviakassaga kelib chipta uchun to‘langan pulni qaytarilishini so‘raydi. Aviakassa xodimlari pul mablag‘ini qaytarishga qarshilik ko‘rsatmagan bo‘lsalarda, lekin pul mablag‘ini iste’molchiga qaytarish ishlari paysalga solinib kelingan.

Tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan o‘rganuv ishlari doirasida aviakassa mas’ullariga uchrashilib, amaldagi qonunchilik talablari bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilishi natijasida iste’molchi S.Raximovga bekor bo‘lgan aviareys chiptasining puli to‘liq qaytarilishiga erishildi.

Xusniddin Latipov
Rishton tuman IHHQ jamiyati mutaxassisi

Surat manbasi: pastransport.ru

Post Comment