Qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish va realizasiya qilish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlari o‘rganilmoqda

Qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish va realizasiya qilish jarayonlarida qonunchilik talablariga rioya qilinishi holatlari o‘rganilmoqda

Non va non mahsulotlari xalqimiz dasturxonining eng aziz ne’matlaridan biri sanaladi. Shu boisdan ham savdo ob’ektlarida sotiladigan non mahsulotlarining assortimenti keng. Shulardan biri qolipli non, xalqimiz tilida buxanka deb ataluvchi non ham borki, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan turli vazn va o‘lchamlarda, non ishlab chiqarish sexlarida pishirilayotgan bunday nonlar kunlik savdo do‘konlariga yetkazilib, aholiga realizasiya qilinmoqda.

Federatsiyaning boshqa hududlardagi ijro etuvchi appartlari asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejalarida bo‘lganidiek, Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ish rejasida ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning huquqiy bilim va iste’mol madaniyatini oshirish maqsadida davlat boshqaruvi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nazorat qiluvchi organlar bilan birgalikda ish olib borish va o‘zaro hamkorlik qilish belgilangan. Shahar jamiyati tomonidan ijrosi ta’minlanib kelayotgan ana shunday rejalardan biri Marg‘ilon shahar hokimligi bilan bu borada hamkorlik olib borishni ko‘zda tutuvchi chora-tadbirlar rejasi hisoblanadi. Rejaga ko‘ra ichki bozorda sotilayotgan iste’mol tovarlari va ko‘rsatilayotgan xizmatlarning zarur sifati va xavfsizligini, hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining boshqa talablarini ta’minlash yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida kuzatuv-o‘rganishlar o‘tkazib borish ko‘zda tutilgan.

Ana shulardan kelib chiqqan holda, shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan shahar hududida aholiga qolipli non mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan korxonalarda bo‘lib, ularning ish faoliyatlari bilan tanishib bormoqdalar. Tanishuvlar doirasida korxonalar tomonidan iste’molchilarnig huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga amal qilinayotganligi kuzatuvdan o‘tkazilmoqda hamda ularga bu borada tegishli maslahat va tavsiyalar berib borilmoqda.

Saidxon Xapizov
Marg‘ilon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment