Qo‘qon shahri hududidagi bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar amaldagi me’yorlar talablariga mosligi kuzatuvdan o‘tkazilmoqda
Qo‘qon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hududiy birlashma topshirig‘i asosida o‘tkazilayotgan o‘rganish ishlari doirasida, shahardagi dehqon va oziq-ovqat bozorlarida bo‘lishib, bu yerlarda veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyalari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi, mazkur laboratoriyalar moddiy-texnik bazasi, ular tomonidan bozorlar hududida sotilayotan mahsulotlarga tegishli ma’lumotnomalar berilishi holatlari bilan tanishmoqdalar.
O‘rganish ishlarini o‘tkazish jarayonida bozorlar hududiga sotish uchun olib kirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, tuxum, meva va sabzavot hamda poliz mahsulotlari sotuvchilari bilan qonunchilik talablari bzasidan suhbatlar o‘tkazilib, ularga hamda bozor ma’muriyati va VSE laboratoriyasi mas’ullariga iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti ham olib borilmoqda.
Asrorjon Mamatqulov
Qo‘qon shahar jamiyati mutaxassisi
Post Comment