Ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifatli va xavfsiz bo‘lishi muhimdir

Ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifatli va xavfsiz bo‘lishi muhimdir

Hududiy birlashma topshirig‘i asosida Bag‘dod tumanida ham ichki bozorlarda sotilayotgan mahsulotlar sifati va xavfsizligini amaldagi me’yorlar talablariga mos kelishi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya qilinishi bo‘yicha o‘rganish ishlari o‘tkazilmoqda.

Shu maqsadda tuman jamiyati xodimlari bozor qoshida tashkil etilgan veterinariya-sanitariya ekspertiza (VSE) laboratoriyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Sababi bozorlar hududiga sotish uchun olib kirilayotgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari: go‘sht va go‘sht mahsulotlari, baliq, tuxum, meva va sabzavotlar, poliz mahsulotlari hamda boshqa mahsulotlarning sifat, xavfsizlik, amaldagi me’yorlar talablariga javob berishi, mahsulotlarni bozorlarda sotishdan oldin, ulardan olingan namunalar asosida mazkur laboratoriyalarda o‘tkaziladigan tahlillar natijasida aniqlanadi.

Shu kuni tuman jamiyati xodimlari bozorlarda sotilayotgan mahsulotlarga VSE laboratoriyalari tomonidan tegishli tartibda rasmiylashtirilgan ma’lumotnomalarni berilganligi holatini ham kuzatuvdan o‘tkazdilar.

Diloram Mirzayeva
Bag‘dod tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment