NNTlar faoliyatiga oid masalalarda davra suhbati bo‘lib o‘tdi

NNTlar faoliyatiga oid masalalarda davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Farg‘ona shahrida «Aziya» mehmonxonasi konferens zalida tashkillangan davra suhbati «Farg‘ona viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlari rahbar va mas’ul xodimlarini huquqiy savodxonligini oshirish» mavzusida bo‘ldi. Tadbir tashkilotchisi «Madad» muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti bo‘lgan mazkur tadbirda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi viloyat hududiy bo‘linmasi, davlat tashkilotlari, viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Dastlab «Madad» NNT ijrochi direktori T.Tursunov, O‘zNNTMA Farg‘ona viloyat bo‘limi rahbari D.Fozilov hamda viloyat adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i X.Umarovlar tomonidan tadbirni tashkillashdan ko‘zlangan maqsad xususida fikr va mulohazalar bildirib o‘tildi.

Shundan so‘ng tadbirning asosiy mavzusi bo‘yicha «Madad» NNT mas’ul xodimi E.Iskandarovning «Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatiga doir qonunchilikdagi yangiliklar va ularga berilgan imtiyozlar» mavzusidagi ma’ruza tinglandi hamda ma’ruza yuzasidan savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning ikkinchi yarmida viloyatda faoliyat olib borayotgan NNTlar rahbar va mas’ul xodimlarining kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalari va sohani yanada rivojlantirish borasidagi takliflari tinglandi hamda ularni qiziqtirgan savollarga javoblar qaytarildi.

Tadbirda hududiy birlashma va uning quyi tuzilmalaridan vakillar ham ishtirok etib, sohaga oid huquqiy bilimlarini oshirdilar.

Hududiy birlashma Axborot xizmati

Post Comment