Yangi nafas yugurish musobaqalari start oldi
Bugun yurtimizning Chirchiq, Guliston, Farg‘ona, Namangan, Jizzax, Samarqand, Shahrisabz va Toshkent shaharlarida «Yangi nafas» ommaviy yugurish musobaqalari o‘tkaziladi. Mazkur tadbir 30 iyun’ «Yoshlar kuni» oldidan mamlakatimizning birdaniga 8 ta shahrida o‘tkazilmoqda.
«1 vatanda, 1 vaqtda, 1 masofaga, 1 maqsadda – birga yuguramiz» shiori ostida 3 kilometr masofaga yugyrish bo‘yicha o‘tkaziladigan mazkur musobaqaning o‘ziga xosligi shundaki, mazkur musobaqaga 8 ta shaharda ham bir vaqtning o‘zida start beriladi.
Yangi nafas yugurish musobaqalarida imkoniyati cheklangan fuqarolarimiz ham ishtirok etmoqdalar.
Adliya vazirligi tomonidan “Biz birgamiz!” ijtimoiy loyihasi doirasida O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi bilan hamkorlikda “Yangi nafas” shiori ostida marafon tashkil etilmoqda.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment