Iste’molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo‘lishiga talab qo‘yish huquqiga doir masalalarda press-tur o‘tkazildi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi rahbari hamda viloyat hokimi tomonidan tasdiqlangan 2022 yilning oktyabr’-dekabr’ oylarida o‘tkaziladigan media-tadbirlar rejasiga asosan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona viloyat boshqarmasida “Iste’molchining tovar (ish, xizmat) xavfsiz bo‘lishiga talab qo‘yish huquqi” mavzusida press-tur tashkillandi.
Tadbirda ommaviy axborot vositalari hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga daxldor hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, davlat iste’molchilarning tovar (ish, xizmat) sotib olishi va undan foydalanish chog‘idagi huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Iste’molchilarning huquqlari davlat tomonidan himoya qilinishini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shuningdek, sudlar ta’minlaydilar.
Qonunda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tovarlar (ishlar, xizmatlar) xavfsiz bo‘lishi va ularning sifatini nazorat qiluvchi davlat boshqaruv organlaridan biri sifatida sifatida e’tirof etilgan. Amaldagi tartib qoidalarga ko‘ra, Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati vazirlikning iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunchiligi bo‘yicha vakolatlarini amalga oshiradi.
Press-tur doirasida ommaviy axborot vositalari vakillari Sanitar-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati viloyat boshqarmasining bo‘limlari faoliyati bilan, shuningdek boshqarmaning laboratoriyalari faoliyati bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
(fotosuratlarni Muqimjon Qodirov olgan)
Post Comment