Asossiz qarzdorlik summalari iste’molchilar zimmasidan soqit qilinadigan bo‘ldi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Qodiriy ko‘chasida yashovchi Sh.Xalilovdan kelib tushgan murojaatda ular istiqomat qiladigan ko‘pqavatli uyga issiqlik energiyasini yetkazib berishda yuzaga kelgan asossiz qarzdorliklar va ularni bartaraf qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘ralgandi.
Murojaatchiga ko‘ra, muammoni sababi bir necha yildirki qish mavsumida issiqlik energiyasini belgilangan me’yorlar darajasida yetkazib berilmasligi, keyinchalik qarzdorlik hisoblanishi bilan bog‘liq. O‘tgan mavsumda mazkur ko‘p qavatli uyda yashovchi aholi va xizmat ko‘rsatuvchi shirkat tomonidan issiqlik energiyasini yetkazib berilishi bo‘yicha haqiqiy holat yuzasidan kuzatuvlar olib borilib, tegishli ravishda rasmiylashtirib ham borilgan. Murojaatdan maqsad haqiqiy holat va tegishli hujjatlar asosida qayta hisob-kitob ishlarini o‘tkazilishi, asossiz qarzdorliklar bartaraf qilinishidan iborat.
Murojaat viloyat «Issiqlik manbai» ishlab chiqarish boshqarmasi mas’ullari bilan birgalikda o‘rganilganda fuqarolarning vajlari asosli ekanligi tasdig‘ini topdi. Olib borilgan o‘rganish ishlari yakunlari bilan, shuningdek korxona komissiyasi olib borgan qayta hisob-kitob ishlari natijalariga ko‘ra ushbu ko‘pqavatli uydagi 34 ta xonadonga nisbatan hisoblangan 17 mln 189 ming 916 so‘m qarzdorlik iste’molchilar zimmasidan soqit qilinadigan bo‘ldi.
Azamatjon Babayev
Farg‘ona shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi
Post Comment