Shahar jamiyati aralashuvi bilan tibbiyot muassasasini qiynab turgan muammo o‘rnida bartaraf etildi

Shahar jamiyati aralashuvi bilan tibbiyot muassasasini qiynab turgan muammo o‘rnida bartaraf etildi

Marg‘ilon shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati shahardagi tibbiyot muassasalari bilan yaqindan hamkorlik va ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan. Shu sababli ham hududdagi tibbiyot muassasalari mazkur tashkilotga jamiyatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining turli masalalari bo‘yicha, yuridik shaxs sifatidagi o‘z murojaatlarini ham yo‘llab turadilar. Yaqinda xuddi shunday murojaatlardan biri o‘rganildi.

Farg‘ona viloyat 2-son tumanlararo Ftiziatriya dispanseri nomidan kelib tushgan mazkur murojaatda tibbiyot muassasasining chiqindilarni vaqtincha saqlash nuqtasida to‘planib qolgan chiqindilarni olib ketilishida muammo bo‘layotganligi, natijada yozning issiq kunlarida bu yerdan yoqimsiz hid taralib, nafaqat shifoxonadagi bemor va tibbiyot xodimlari, balki unga yondosh bo‘lgan xonadonlar aholisiga ham noqulaylik tug‘dirayotganligi, bu esa turli kasalliklarni tarqalishiga ham sabab bo‘lishi mumkinligi bayon qilinadi va muammoni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘raladi.

Shahar jamiyati mas’ullari murojaatni joyiga chiqib o‘rganish maqsadida bu yerga tashrif buyurganlarida, haqiqatan ham chiqindilarni to‘planib qolganligi, ularni tibbiyot muassasasiga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot – «Marg‘ilon Obod Tozalov Servis» MChJ tomonidan bir necha kundan buyon olib ketilmaganligi kuzatildi. Shu yerni o‘zida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot mas’ullariga telefon orqali bog‘lanilib, ularga bilan yuzaga kelgan holat, ushbu holatda shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarmasligi natijasida xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotga nisbatan kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar yuzasidan tushuntirishlar berilishi bilan shu kunni o‘zida chiqindilarni olib ketilib, murojaatni tez muddatlarda ijobiy hal etilishiga erishildi.

Muhammadaziz Isaqov,
Marg‘ilon shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment