Mahallaning ichimlik suvi ta’minotidagi muammo hal etildi

Mahallaning ichimlik suvi ta’minotidagi muammo hal etildi

Uchko‘prik tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Paloxon» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi Yo.M. tomonidan yashash hududlarida ichimlik suvi ta’minotidagi uzilish masalasida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilingan murojaat o‘rganildi.

Murojaat o‘rganilishi jarayonida ichimlik suvi ta’minotining uzilib qolishiga mahalladagi suv nasosining kuyib qolganligi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘lgach, tuman jamiyati ushbu masala mutaxassislar tomonidan o‘rganib chiqilishi va tezkorlikda muammoni bartaraf qilinishi bo‘yicha chora-tadbirlar belgilanishini so‘rab «Farg‘ona suv ta’minoti» MChJning tuman bo‘limiga aloqa xati kiritdi.

Korxona hamda tuman jamiyatining mazkur murojaatda ko‘tarilgan masalani hal qilish borasida olib borgan hamkorligi hamda mahalla faollarining faol sa’y-harakatlari bilan nosoz holga kelgan suv nasosini yangisiga almashtirilishiga hamda mahallaning ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanishiga erishildi.

Obbosxon Sobirov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment