Iste’molchiga hisoblangan qarzdorlik asossiz bo‘lib chiqdi
Rishton tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Toshag‘aliq» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi X. M.ning tabiiy gaz ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarni himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi o‘z murojaatida “Hududgaz Farg‘ona” gaz ta’minoti filialining Rishton tuman bo‘limi tomonidan hisoblangan 800000 so‘m qarzdorlikning asossizligini ma’lum qilib, masalaga oydinlik kiritilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.
Murojaatni gaz ta’minoti korxonasining mas’ullari hamkorligida o‘rganish davomida iste’molchining tabiiy gaz uchun amalga oshirgan to‘lovlari bo‘yicha “Bilingaz” dasturida qayta hisob-kitob ishlari o‘tkazildi. O‘rganish natijalari iste’molchiga nisbatan hisoblangan yuqoridagi qarzdorlik summasining asossizligini ko‘rsatdi. Qarzdorlikni kelib chiqishiga esa ko‘rsatkichni noto‘g‘ri kiritilishi sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. O‘rganish ishlari davomida gaz ta’minoti korxonasi mas’ullariga amaldagi qonunchilik talablari targ‘iboti olib borilib, iste’molchiga nisbatan hisoblangan asossiz qarzdorlikni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash vazifasi yuklatildi. O‘rganish yakunlari bo‘yicha iste’molchiga yozma ravishda ma’lum qilindi.
Xusniddin Latipov,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment