Ishonch telefoniga qilingan murojaat qanoatlantirildi
Oltiariq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «G‘ayrat» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi Sh.Q.ning O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga suyultirilgan uglevodorod gazini olishidagi kechikish masalasida qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchi murojaatida keltirilgan holat, ya’ni xonadoniga suyultirilgan uglevodorod gazini o‘z vaqtida yetkazib berilmayotganligi holatiga aniqlik kiritish maqsadida 07.07.2023 yil kunida tuman gaz idorasiga so‘rov xati kiritilib, mazkur tashkilotdan olingan javob xatida fuqaro ishonch telefoniga murojaat qilgan kunning ertasigayoq uning xonadoniga suyultirilgan uglevodorod gazi balloni yetkazib berilganligi, shuningdek hududga tuman hokimligi tomonidan tasdiqlangan Reja-jadval hamda belgilangan fond asosida gaz ballonlari yetkazib berib borilayotganligi ma’lum qilingan bo‘lsa, o‘rganishni o‘tkazgan tuman jamiyati va gaz idorasi mas’ul xodimlari tomonidan tuzilgan ma’lumotnomada mahallaga so‘nggi marta suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilgan kunda iste’molchi xonadonida hech kim bo‘lmagani uning suyultirilgan gaz balloni olmasdan qolishiga sabab qilib ko‘rsatilgan hamda fuqaroga bu haqda tegishli tushuntirishlar berilganligi bayon qilingan.
O‘rganish ishlari davomida tomonlarga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik targ‘iboti olib borilgan hamda fuqaro tuman jamiyatiga bildirish xati berib, murojaati ijobiy hal qilinganini, o‘rganish yakunlari bo‘yicha e’tirozlari yo‘qligini bildirgan.
Dilobar Dadaxonova,
tuman jamiyati bosh mutaxassisi
(illyustrativ foto)
Post Comment