Tuman jamiyati jamoatchilik eshituvi o‘tkazdi
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisining 2023 yil 8 iyun kunidagi buyrug‘i asosida Federatsiyaning hududiy tashkilotlariga bu boradagi qonunchilik hamda Federatsiya Ustavi talablaridan kelib chiqqan holda Jamoatchilik eshituvlarini tashkillab borish vazifasi yuklatilganligi to‘g‘risida oldinroq xabar berib o‘tgandik. Qo‘shtepa tumanida ham jamoatchilik nazorati to‘g‘risidagi qonunchilik bilan nodavlat notijorat tashkilotlariga berilgan huquqlardan foydalangan holda shunday eshituv tashkillandi.
Jamoatchilik eshituvi «Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlar» mavzusiga bag‘ishlanib, unda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimi A.Abdullaevning mazkur mavzu yuzasidan axboroti eshitildi.
Kun tartibining asosiy masalasi yuzasidan berilgan axborotdan so‘ng, tadbir tashkilotchisi – tuman IHHQ jamiyati mas’ul xodimlari, yoshlar ishlari agentligining tumandagi faol vakillari, kutubxona markazi xodimlari hamda Federatsiya tayanch guruhlari vakillari tomonidan davlat idorasining mas’ul xodimi tomonidan berilgan axborot yuzasidan fikr-mulohaza hamda takliflar bildirib o‘tildi.
Tadbir yakunlariga ko‘ra, tumanda boshqa sohalar bo‘yicha ham iste’molchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyat manfaatlarini himoya qilish sohasidagi qonunchilik talablarining ijro etilishini ta’minlash, soha rahbari tomonidan o‘z zimmasiga yuklatilgan, ijtimoiy va jamoatchilik manfaatlariga daxldor bo‘lgan vazifalar va funksiyalarni bajarish borasida olib borilayotgan ishlari bo‘yicha jamoatchilik eshituvlarini tashkillash va tizimli asosda o‘tkazib borishga kelishib olindi.
Dilmurod Mavlonov,
tuman jamiyati mutaxassisi.
Post Comment