Infografika (murojaatlar tahlili)
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini hiimoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasi va uning quyi tuzilmalariga iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda quyidagi natijalar qayd qilindi:
Joriy yilning o‘tgan 6 oyi davomida tizim tashkilotlariga iste’molchilardan jami 465 ta murojaatlar kelib tushgan bo‘lib, ularning 442 tasi (95,1%) ijobiy hal qilib berilishi natijasida 699 105 564 so‘m mablag‘ iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.
Murojaatlarning sohalari quyidagicha:
167 ta savdo;
73 ta gaz ta’minoti;
60 tasi suv ta’minoti;
45 ta elektr ta’minoti;
27 tasi kommunal xo‘jalik;
27 tasi xizmat ko‘rsatish (servis);
8 tasi aloqa (internet);
7 tasi sog‘likni saqlash;
5 tasi transport;
46 tasi boshqa sohalar bo‘yicha kelib tushgan murojaatlardir.
Kelib tushish manbaalariga ko‘ra:
Hukumat idoralaridan yuborilgan murojaatlar 9 ta, o‘rganish natijalari bo‘yicha iste’molchilar foydasiga 2 700 000 so‘m mablag‘ hal qilingan.
Federatsiya yagona ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar 104 ta, o‘rganib chiqilishi yakunlariga ko‘ra iste’molchilar foydasiga 143 962 240 so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilingan.
Federatsiya telegram botidan 14 ta murojaat kelib tushib, iste’molchilar foydasiga hal qilingan mablag‘ 9 002 000 so‘mni tashkil qilgan.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri tizim tashkilotlariga yozma va og‘zaki ravishda kelib tushgan murojaatlar 338 tani tashkil qilib, jami 543 441 324 so‘m mablag‘ iste’molchiga foydasiga hal qilib berilgan.
Shuningdek, tizim tashkilotlari mas’ul xodimlarining aholi bilan yuzma-yuz muloqotlari davomida 439 nafar fuqaroga, tizimda tashkil qilingan huquqiy maslahatxonalar orqali 244 nafar fuqaroga bepul huquqiy maslahatlar va amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
Hududiy birlashma Axborot xizmati
Post Comment