Real qarzdorlik mavjud, lekin kattagina asossiz qarzdorlik ham hisoblangan

Real qarzdorlik mavjud, lekin kattagina asossiz qarzdorlik ham hisoblangan

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida «Rasta» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi M.A.ning xonadoniga ichimlik suv ta’minoti korxonasi tomonidan hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib yozgan murojaati o‘rganib chiqildi.

O‘rganish ishlarida iste’molchi xonadoniga ichimlik suvi tarmog‘i tortilgan bo‘lsada, tarmoq ichidan berkitilganligi, xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash jarayoni to‘liq nihoyasiga yetkazilmaganligi kuzatildi. Iste’molchining so‘zlariga ko‘ra, ular ichimlik suvini ko‘cha kolonkasidan tashib keltirishar ekan.

Murojaatni o‘rganish davomida olib borilgan qayta hisob-kitoblar xonadonda istiqomat qiladigan olti jonning ichimlik suvi iste’moli uchun 578 550 so‘m o‘rniga 1 475 754 so‘m hisoblanganligi, buning natijasida esa 897 204 so‘m asossiz qarzdorlik yuzaga kelganligi, xonadonning real qarzdorligi 310 922 so‘mni tashkil qilishi qayd qilinib, yuzaga kelgan asossiz qarzdorlik holatini bartaraf qilish chora-tadbirlarini ko‘rilishi uchun ichimlik suv ta’minoti korxonasiga aloqa xati bilan tegishli ma’lumotlar kiritildi hamda fuqaroga haqiqatdagi qarzdorlik summasini tez muddatlarda bartaraf etishi lozimligi tushuntirildi.

Adxamjon Xamidov,
tuman jamiyati raisi.

Post Comment