Uchko‘prikda 18 452 000 so‘mlik mablag‘lar iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi
Uchko‘prik tumani «Zig‘ir» mahalla fuqarolar yig‘inida istiqomat qiluvchi X.M. Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zlari yashab turgan hududdagi bir qator muammolar, xususan chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish yo‘nalishida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq talab qilish masalasida o‘z e’tirozlarini bildirib murojaat qoldirgan.
Murojaatga aniqlik kiritish maqsadida so‘rov asosida mazkur mahalla fuqarolar yig‘inidan olingan ma’lumotda hududga ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi «Agro Rishton ta’mir servis» MChJ tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inining iste’molchi istiqomat qiladigan mahallasiga so‘ngi olti oy davomida to‘laqonli xizmatlar ko‘rsatilmaganligi ma’lum qilindi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatuvchi korxonaga kiritilgan so‘rovga olingan javob xatida ham yuqoridagi holat o‘z tasdig‘ini topdi.
Tuman jamiyati tomonidan olib borilgan o‘rganish ishlari davomida mazkur mahalla fuqarolar yig‘iniga chiqindilarni to‘plash va olib ketish xizmatlari bo‘yicha bajarilgan ishlar qayta hisob-kitobdan o‘tkazilib, 18 452 000 so‘m mablag‘ni iste’molchilar foydasiga chegirilishiga erishildi.
Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.
Post Comment