Xarid jarayonida tovar haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilganligi uni sotuvchiga qaytarilishiga sabab bo‘ldi

Xarid jarayonida tovar haqida noto‘g‘ri ma’lumot berilganligi uni sotuvchiga qaytarilishiga sabab bo‘ldi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Abrosiyob ko‘chasida yashovchi Z.S.ning xorijda ishlab chiqarilgan deb sotilgan tovarning haqiqatda bunday bo‘lib chiqmagani va sotuvchidan pulini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchi murojaatida Bag‘dod buyum bozorida unga ayollar plashi ma’qul bo‘lib, 1 350 000 so‘mga xarid qilganligini, sotuvchi tomonidan oldi-sotdi jarayonida tovar Turkiyaniki deb sotganligi, lekin uni uyga olib kelganida tanishlari tomonidan tovarni xorijda ishlab chiqarilganligiga shubha bildirilgani, Turkiyada ishlab chiqarilgan xuddi shu kabi o‘xshash tovarlarga solishtirib ko‘rishganini bayon qilib, tovarni sotuvchiga qaytarib, pulini qaytib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘ragan.

Amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka ko‘ra, agar tovar haqida iste’molchiga noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilsa va zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnmoani bekor qilib o‘ziga yetkazilgan zararni qoplanishini so‘rashga haqlidir. O‘rganish ishlari davomida sotuvchiga qonunning mazkur talablari hamda qonun talablarini bajarmaslik keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlar to‘g‘risida tushuntirishlar berildi. O‘rganish yakuni bilan tovar sotuvchiga 1 350 000 so‘m pul esa iste’molchiga qaytarilishiga erishildi.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

(illyustrativ foto)

Post Comment