Zarur iste’mol xususiyatlariga ega chiqmagan motoblokning puli qaytarib olindi

Zarur iste’mol xususiyatlariga ega chiqmagan motoblokning puli qaytarib olindi

Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Toshkent shahar Yashnobod tumanida yashovchi A.D.ning 9 000 000 so‘mga sotib olgan motoblokni sotuvchi tomonidan reklama qilingan texnik xususiyatlarga ega chiqmaganligi sababli, uni sotuvchiga qaytarib pulini qaytib olomayotganligi holati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi. Iste’molchi murojaatida gusenisali motoblokni shahardagi «Farg‘ona agro servis» MChJdan xarid qilgani, lekin texnika reklama qilingan darajadagi ishlarni bajarish xususiyatlariga ega chiqmaganini da’vo qilib, pulini qaytarib olinishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Amaldagi «Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 7-moddasiga ko‘ra, agar tovar haqida noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot berilishi oqibatida zarur iste’mol xossalariga ega bo‘lmagan tovar sotib olinishiga sabab bo‘lsa, iste’molchi shartnomani bekor qilishga va o‘ziga yetkazilgan zararning qoplanishini talab qilishga haqlidir. Iste’molchining tovar haqidagi noto‘g‘ri yoki yetarli darajada to‘liq bo‘lmagan ma’lumot tufayli yetkazilgan zararni qoplash to‘g‘risidagi talablari sotib olingan tovarning xossalari va jihatlari haqida iste’molchi maxsus bilimga ega emas degan taxminga asoslanib qarab chiqiladi.

Federatsiyaning Farg‘ona shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan yuqoridagilarga asoslangan holda sotuvchi bilan o‘tkazilgan muzokara va tushuntirish ishlari natijasida amaldagi qonunchilik talablari ijrosini ta’minlanishiga shartnoma bekor qilinib, iste’molchiga 9 000 000 so‘m pulini qaytarilishiga erishildi.

Usmonjon Ruziyev,
shahar jamiyati mutaxassisi.

(illustrativ foto)

Post Comment