Tibbiyot muassasalari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida

Tibbiyot muassasalari bilan ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalarini mustahkamlash yo‘lida

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 maydagi «Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5430 sonli Farmoni va Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 28 noyabrdagi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 414-sonli qarori asosida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining muammolarini tizimli o‘rganish va aniq hal etilishida samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishini ta’minlash maqsadida ijtimoiy sheriklik asosida Federatsiyaning Tayanch guruh (boshlang‘ich tashkilot)larini tashkil etish va a’zolikka jalb qilish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi» tasdiqlangan bo‘lib, uning ijrosini ta’minlash maqsadida hududiy birlashma hamda Farg‘ona viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida viloyat hududidagi tibbiyot muassasalarida turli shakllardagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish grafigi ishlab chiqilgan.

Bugungi kunda yuqoridagi topshiriqlar asosida viloyatimizning tuman va shaharlaridagi tibbiyot muassasalarida yurtimizda faoliyat olib borayotgan iste’molchilik ijtimoiy harakati hamda uning ahamiyati haqida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda. Ana shu tadbirlar doirasida viloyat hududiy birlashmasi raisi Ahrorjon Raxmonaliev Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona viloyati filiali direktori Baxromjon Tashbaltaev bilan uchrashib, Markazning tuman (shahar)lardagi bo‘limlari hamda Federatsiyaning tuman (shahar) jamiyatlari o‘rtasidagi ijtimoiy sheriklik hamda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida fikr va mulohazalar almashdilar.

Post Comment