Jamoatchilik nazorati tadbirlari davom etmoqda
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining amaldagi qonunchilik bilan belgilab berilgan huquq va imkoniyatlar asosida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha ob’ektlari va ko‘p kvartirali uy-joy fondini kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni ta’minlash hamda mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning bajarilish holatini o‘rganish bo‘yicha topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida uning hududiy tashkilotlari tomonidan joylarda jamoatchilik nazorati tartibidagi o‘rganish ishlari tizimli asoslarda davom ettirilmoqda.
Farg‘ona viloyatida ham bu ishlar tanlama va tizimli asosda olib borilmoqda. Federatsiyaning viloyatdagi tashkilotlari tomonidan hududdagi ijtimoiy soha ob’ektlarida bo‘linib, ularda mavsumni betalofat o‘tkazib olish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar bilan tanishilib, o‘rganish ishlari doirasida o‘rnida bartaraf etish imkoni bo‘lgan kamchiliklarni joyida barataf etish, qo‘shimcha o‘rganishlarni talab etadigan muammo va kamchiliklar yuzasidan esa mas’ul idoralarga ma’lumotnomalar kiritish chora-tabirlari ko‘rilmoqda.
Post Comment