Faoliyat sarhisobi

Faoliyat sarhisobi

Quva tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining iste’molchilik huquqiy bilimi va iste’mol madaniyatini oshirish, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, sohaga oid qonunchilik talablarini ijrosini ta’minlangani holatlarini jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish yuzasidan o‘tgan 2024-yilda bir qator ishlar amalga oshirildi. Jumladan, aholining iste’mol 45 ta joyda aholining huquqiy va iste’mol madaniyatini oshirishni ko‘zda tutuvchi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi. Ularda O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi qonunlari, sohaga oid boshqa qonunlar va qonunosti hujjatlari mazmun-mohiyati yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borildi.

Olib borilayotgan ishlarni aholining keng qatlamlariga yetib borishini ta’minlash maqsadida Federatsiya va hududiy birlashmaning rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari, Federatsiya muassisligidagi «Iste’mol madaniyati», tuman hokimligining «Quva hayoti» gazetalari va mahalliy bosma va elektron nashrlar bilan hamkorlik olib borilib, 35 marotaba chiqishlar uyushtirildi.

Iste’molchilardan savdo, tabiiy gaz, elektr, ichimlik suvi ta’minoti, xizmat ko‘sratish (servis) va boshqa yo‘nalishlarda kelib tushgan 23 ta yozma va og‘zaki murojaatlar o‘rganilib, iste’molchilar foydasiga 80 064 758 so‘m mablag‘lar qayta hisob-kitob qilib berildi. Murojaatlarning 22 foizi yuqori turuvchi idoralar orqali kelib tushgan bo‘lsa, ularning asosiy qismi, ya’ni 78 foizi tuman jamiyatimizga iste’molchilardan yozma va og‘zaki shaklda to‘g‘ridan-to‘g‘ri kelib tushgan murojaatlardir.

Federatsiya va hududiy birlashma topshiriqlari asosida ta’lim, sog‘liqni saqlash, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, xususiy tibbiyot sohasi, aholiga dori-darmonlarni realizasiya qilish, ijtimoiy soha ob’ektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorlarligi va mavsumni betalofat o‘tkazib olish bo‘yicha belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlanishi kabi sohalarda jamoatchilik nazorati tadbirlari o‘ktazilib, uning yakunlari bo‘yicha yuqori turuvchi idoralarga ma’lumotnomalar chiqarildi.

Jamiyat qoshida tashkil etilgan “Iste’molchi bilan mulofot» huquqiy maslahatxonasi vositasida 25 nafar fuqaroga gaz ta’minoti, suv ta’minoti, kommunal xo‘jaliklarni boshqarish va sohaga oid boshqa masalalarda bepul huquqiy maslahatlar berilgan bo‘lsa, aholi va boshlang‘ich tashkilotlar vakillari bilan muloqotlar jarayonida 17 nafar fuqarolarga savdo, uy-joy kommunal, transport va sohaga oid boqsha masalalarda huquqiy va amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Hozirgi kunda tuman jamiyati asosiy faoliyat yo‘nalishlari rejasi hamda yuqori turuvchi idoralar topshiriqlari asosida o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarni ijrosini ta’minlash yo‘lida faoliyatini davom ettirmoqda.

Axmadjon Tuxtaboyev,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment