Ko‘mir yoqilg‘isining sifatsiz chiqqan qismi puli qaytarildi

Ko‘mir yoqilg‘isining sifatsiz chiqqan qismi puli qaytarildi

Quvasoy shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida qo‘shni Quva tumanilik F.M.ning 1 560 000 so‘mga xarid qilgan ko‘mir mahsulotidan 400 kg qismi sifatsiz chiqqanligi va holatni o‘rganib chiqib, qonuniy hal etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Iste’molchiga ko‘ra, u o‘zi istiqomat qiladigan tumanga qo‘shni Quvasoy shahridagi ko‘mir omboridan 1350 kg ko‘mir yoqilg‘isi xarid qiladi. Lekin xonadonga keltirib berilgan ko‘mirdan muayyan qismi sotuvchi tomonidan ta’rifi keltirilgan xususiyatda bo‘lib chiqmaydi. Iste’molchi ushbu masalada O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga murojaat qilib, ushbu masala o‘rganib chiqilishini va ko‘mir yoqilg‘isining sifatsiz chiqqan qismi almashtirilishi yoki puli qaytarilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘raydi.

Murojaatni o‘rganish davomida ushbu masalada Quvasoy ko‘mir omboriga so‘rov xati kiritilib, unda amaldagi qonunchilik talablari hamda yuzaga kelgan holatni bartaraf qilish yuzasidan tavsiyalar berildi. Ko‘mir ombori mas’ullari tomonidan esa masala o‘rganib chiqilib, ko‘mir yoqilg‘isining sifatsiz chiqqanligi da’vo qilingan qismi chegirilib, iste’molchining bank kartasiga 400 000 so‘m pul qaytarildi.

Farxodjon Xaydarov,
shahar jamiyati raisi.

Post Comment