Nodavlat ta’lim muassasasini qiynab turgan muammo bartaraf qilindi

Nodavlat ta’lim muassasasini qiynab turgan muammo bartaraf qilindi

Federatsiyaning joylardagi hududiy tuzilmalari tomonidan nafaqat davlat ta’lim muassasalari, balki bu borada xususiy yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar bilan ham ijtimoiy sheriklik va hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilib, ularda faoliyat olib borayotgan xodimlarning iste’molchilik huquqiy bilim saviyasi va iste’mol madaniyatni oshirish yuzasidan tizimli ishlar olib borilmoqda. Olib borilayotgan ishlarning natijasi sifatida bu joylarda Federatsiyaning boshlang‘ich tashkilotlari (tayanch guruhlari) faoliyati tashkillanishi bilan hamkorlikni yanada kengroq va samaraliroq yo‘lga qo‘yilishiga erishiladi.

Marg‘ilon shahridagi “Ziyo school study” o‘quv markazidan kelib tushgan murojaatni o‘rganib chiqilib, ijobiy hal qilinishini ham ushbu tashkilot bilan yo‘lga qo‘yilayotgan hamkorlikning debochasi deyish mumkin. Murojaatda o‘quv markazi aslida elektr energiyasi to‘lovlaridan 1 500 000 so‘m haqdor bo‘lgani holda, 14 000 000 so‘m qarzdorlik kelib chiqqanligi, bunga qandaydir texnik xatolik sabab bo‘lishi mumkinligi ma’lum qilinib, qarzdorlikni kelib chiqish sabablariga oydinlik kiritilib, bartaraf qilinishida amaliy yordam ko‘rsatilishi so‘raladi.

Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati tomonidan mazkur murojaatni o‘rganish davomida qarzdorlikni kelib chiqishiga haqiqatan ham dasturda yuzaga kelgan texnik xatolik sabab bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi. Murojaat yuzasidan shahar elektr ta’minoti korxonasiga kiritilgan so‘rovga olingan javob xatida o‘quv markazi hisob raqamida yuzaga kelgan noreal qarzdorlik xatlov asosida qayta hisob-kitob qilib berilishi ma’lum qilindi.

Nigora Usmonova,
shahar jamiyati mutaxassisi.

Post Comment