Maishiy buyumdagi nuqson servis ustalari tomonidan bartaraf qilindi

Maishiy buyumdagi nuqson servis ustalari tomonidan bartaraf qilindi

Farg‘ona tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tumanning «Vodil» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi M.I.ning tovarning shartnoma narxini bo‘lib to‘lash shartlarida 4 092 000 so‘mga sotib olingan sovutgich (xolodil’nik)ni oradan 3 oy o‘tib nuqsonlari sabab ishlamay qolgani va maishiy buyumga servis xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha qilgan murojaatlari javobsiz qolayotganligi xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

O‘rganish davomida sovutgich «Asl baraka a’lo sifat» MChJga qarashli savdo do‘konidan iste’mol krediti shartlarida xarid qilinganligi ma’lum bo‘lib, savdo do‘koni mas’ullariga murojaatda keltirilgan talablar va ular asosida hamda qonunchilik talablari bo‘yicha sotuvchi tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi. O‘rganish ishlari davomida sovutgichdagi nuqson servis markazi ustalari tomonidan bartaraf etilib, soz holatga keltirib berildi.

Abror Isaqov,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment