Uchko‘prikda insholar tanlovi g‘oliblari va ularning ustozlari taqdirlandi

Uchko‘prikda insholar tanlovi g‘oliblari va ularning ustozlari taqdirlandi

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi bilan umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilayotgan «Men – yosh iste’molchiman» uch bosqichli respublika ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi nihoyasiga yetkazilib, g‘oliblarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Taqdirlash marosimi tumandagi 1-umumta’lim maktabi zalida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ullari ishtirokida o‘tkazildi. Marosimda so‘z olganlar bu kabi ko‘rik-tanlovlarning o‘quvchilarning ma’naviy kamolotidagi o‘rni va ahamiyati, barchaning iste’molchiligi, shu nuqtai nazardan aholining yoshu qari vakillari uchun iste’mol sohasiga oid bilimlarning zarurligi kabi masalalar yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Shundan so‘ng tanlovning tuman bosqichi yakunlari ma’lum qilinib, unga ko‘ra 1-o‘rinni 54-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Dilafro‘z Hasanboeva, 2-o‘rinni 20-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Nozima Bahodirova, 3-o‘rinni esa 5-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Mubinaxon Solievalar tomonidan yozilgan insholar egallaganligi e’lon qilindi hamda g‘oliblarga tuman jamiyatining faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimi doirasida nafaqat uning g‘olib ishtirokchilari, balki ularning ustozlari ham tuman jamiyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandilar.

Sardorbek Mirzajonov,
tuman jamiyati raisi.

Post Comment