Iste’molchini qiynab turgan muammo tezkorlikda bartaraf etildi

Iste’molchini qiynab turgan muammo tezkorlikda bartaraf etildi

Bag‘dod tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Chuvalanchi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Q.E.ning iste’mol krediti shartlarida 7 400 000 so‘mga sotib olingan muqobil energiya manbasi (quyosh paneli)da yuzaga kelgan nuqson bo‘yicha Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.

Murojaatni o‘rganishda iste’molchidan olingan qo‘shimcha tushuntirishlar hamda «Agrobank» ATB Bag‘dod filialidan olingan ma’lumotga ko‘ra, fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor K.A. bilan 09.08.2023 yil kunida imzolangan shartnoma va bank bilan imzolangan kredit shartnoma asosida, kreditni 5 yil muddat davomida so‘ndirish shartlarida, yuqorida keltirilgan summaga Quyosh fotoelektr stansiyasi 500 Winv1000VA sotib olgan. Lekin joriy yilga kelib uskunada biroz nosozliklar yuzaga kelganligi sababli ularni bartaraf etilishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab ishonch telefoniga murojaat qilgan.

Tuman jamiyati mutaxassilari tomonidan murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchi bilan bog‘lanib, unga murojaatda keltirilgan vajlar va ularni bartaraf qilishning qonuniy yo‘llari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilishi bilan uning tomonidan muammoni tezkorlikda barataraf etib berish ishlari olib borildi hamda tez fursatda muammo bartaraf etilib, iste’molchi huquqlari tiklab berilishiga erishildi.

Dilorom Mirzayeva,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment