Ishonch telefoniga qilingan murojaat ortidan iste’molchining puli qaytarildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida Quvasoy shahar «Yuqori Mo‘yan» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi U.Z.ning 5 135 000 so‘mga xarid qilingan televizorda nuqson aniqlanib, servis markazi tomonidan tegishli xulosa berilgan bo‘lsada, sotuvchi tomonidan nuqsonli tovarni almashtirib berish ishlari paysalga solib kelinayotganligi xususida Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga qilgan murojaati o‘rganildi.
Iste’molchiga ko‘ra, u 2024 yilning oktyabr oyi boshlarida shaharning Qirguli mavzesi hududidan «Samsung» rusumidagi televizorni sotib olgan. Televizordan foydalanishi jarayonida nuqson aniqlangach, servis markaziga murojaat qilgan. Unga televizorda haqiqatan jiddiy nuqson mavjudligi haqida xulosa berilganidan so‘ng televizorni xarid qilgan joyiga olib borib topshirgan bo‘lsada, sotuvchi tomoni uning qonuniy talablarini qanoatlantirish ishlarini cho‘zib yuborgan.
Shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan murojaatni o‘rganilishi davomida sotuvchi tomoni bilan bog‘lanib, ularga amaldagi iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik talablari yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib borilishi, qonun talablarini bajarmaslik natijasida kelib chiqadigan huquqiy oqibatlar tushuntirilishi bilan, shuningdek tomonlarning kelishuviga asosan shartnoma bekor qilinishiga hamda iste’molchiga 5 135 000 so‘m puli qaytarilishiga erishildi.
Mansurjon Toshkanov,
shahar jamiyati mutaxassisi.
*Foto sun’iy intellekt yordamida generatsiya qilingan
Post Comment