Bank muassasasiga kiritilgan so‘rov tezkorlikda ko‘rib chiqildi va muammo hal etildi

Bank muassasasiga kiritilgan so‘rov tezkorlikda ko‘rib chiqildi va muammo hal etildi

Toshloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida tumanning «Katta-ko‘cha» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi A.D.ning bankomatdan 500 000 so‘m pulni naqdlashtirish jarayonida yuzaga kelgan muammo bo‘yicha qilgan og‘zaki murojaati o‘rganildi.

Murojaatdada iste’molchi bundan bir muddat oldin tumandagi «Sadda» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan va «Agrobank» ATBga qarashli bo‘lgan bankomat vositasida plastik kartochkasidan pul yechmoqchi bo‘lganida avtomat tegishli buyruqlarni bajarib borgan bo‘lsada, naqd pulni chiqarib bermaganligini, bu muammoni hal qilish bo‘yicha qilgan sa’y-harakatlari samara bermayotganligini ma’lum qiladi.

Ushbu holat yuzasidan murojaat kelib tushgan kunni o‘zida bank muassasasiga kiritilgan so‘rov xatiga bank muassasasidan muammo hal etilganligi va mijozning muammosi yuzasidan so‘rov xati kiritilgan kunni o‘zida 500 000 so‘m puli bank kartasiga qaytarilishi ta’minlanganligi bo‘yicha javob xati olindi.

Xusnidaxon Yakubova,
tuman jamiyati mutaxassisi.

Post Comment