To`lab qo`yilishi so`ralgan qarzdorlik asossiz bo`lib chiqdi

To`lab qo`yilishi so`ralgan qarzdorlik asossiz bo`lib chiqdi

Qo`qon shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan shaharning Hurlik ko`chasida yashovchi B. Аbduxakimovning O`zbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi ishonch telefoniga qilgan murojaati o`rganildi.

Murojaatida fuqaro “Hududgaz Farg`ona” Qo`qon filiali tomonidan uning xonadoniga nisbatan 2 000 000 (ikki million) so`m asossiz qarzdorlik hisoblayotganligini maʼlum qilib, masalaga aniqlik kiritilib, unga amaliy yordam ko`rsatilishini so`ragandi.

Murojaatni o`rganish ishlari davomida mazkur masalada shahar gaz taʼminoti idorasiga so`rov xati bilan murojaat qilindi. Gaz idorasining 12.01.2021 yildagi 33/139-04-02-sonli javob xatida keltirilishicha, fuqaro xonadoniga gaz hisoblagich uskuna o`rnatilgan. Xonadon vakillari tomonidan gaz hisoblagich uskunasi ko`rstkichlari bo`yicha oxirgi amalga oshirilgan to`lov 2020 yilning dekabr oyida bo`lib, 76 000 (yetmish olti ming) so`mni tashkil qilgan va “Billingaz” dasturi qayd qilingan.

Natijada o`tkazilgan o`rganish va gaz idorasining rasmiy javob xati bilan isteʼmolchining 2021 yil 1 yanvar holatiga tabiiy gaz to`lovlaridan qarzdorligi mavjud emasligi, xonadon vakillari ishlatilgan tabiiy gaz uchun to`lovlarni hisoblagich ko`rsatkchilari asosida amalga oshirib borayotganliklari maʼlum bo`ldi. Isteʼmolchiga bu haqda rasmiy ravishda maʼlum qilindi.

Аlisher Raximov
Qo`qon shahar IHHQ jamiyati mutaxassisi

Post Comment