Tuman jamiyati raisi tayanch guruhlarida Federatsiya a’zolari bilan muloqotlar o‘tkazdi

Tuman jamiyati raisi tayanch guruhlarida Federatsiya a’zolari bilan muloqotlar o‘tkazdi

Beshariq tumanida «Tayanch guruhlari bilan ishlash oyligi» doirasidagi chora-tadbirlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida hududdagi tayanch guruhlari tashkillangan korxona, tashkilot, idora va muassasalarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib borilmoqda.

Xususan, tuman jamiyati raisi X.Axmedov 19 may kuni tumandagi 3 va 8-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, Barkamol avlod bolalar o‘quv markazi va «Jarboshi shifokorlar xizmat uyi»da bo‘lib, bu yerlarda faoliyat olib borayotgan tayanch guruhlari faollari a’zolari bilan uchrashib, ular ishtirokida muloqotlar o‘tkazdi.

Muloqotlar davomida Federatsiya va uning hududiy tizimlarida olib borilayotgan ishlar va kelgusida amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar hamda tayanch guruhi a’zolarini iste’molchi sifatida kommunal, savdo va boshqa sohalardagi qiziqtirgan savollariga javob berish orqali Federatsiya a’zolarining kundalik turmush jarayonida uchrab turadigan ayrim muammolar yuzasidan fikr-mulohazalari hamda ularning yechimlari yuzasidan takliflari asosida kelgusida olib borilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Baxtiyor Jurayev
Beshariq tuman jamiyati mutaxassisi

Post Comment