Avtomashina o‘z muddatida yetkazib berilmagach, oldindan to‘lov sifatida to‘langan pul summasi qaytarildi
Farg‘ona shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatida shaharning «Cheksho‘ra» mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi M.M.ning shartnoma asosida yetkazib berilishi lozim bo‘lgan avtomashina o‘z muddatida yetkazib berilmaganligi sababli pullarini qaytarib olishida amaliy yordam ko‘rsatilishini so‘rab yozgan murojaati o‘rganildi.
Murojaatni o‘rganish ishlarida ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi 2022 yilning noyabr oyida Farg‘ona shahrida faoliyat olib borayotgan «Umid avto companies» MChJ bilan Labo avtomobilini 120 kun davomida yetkazib berilishi, bunda iste’molchi dastlab avtomashina uchun boshlang‘ich to‘lov sifatida (boshqa rasmiylashtirish harajatlari bilan qo‘shib hisoblaganda) 31 413 640 so‘m oldindan to‘lashi va qolgan qismi shartnomada belgilangan muddat ichida annuitet shaklda to‘lab borilishi bo‘yicha kelishadilar. Iste’molchining ma’lum qilishicha, avtomashina belgilangan muddatda yetkazib berilmagan, shuningdek shartnomaga ko‘ra u hech qanday jarima sanksiyalarisiz pullarini qaytarilishini talab qilishi mumkin bo‘lgan muddat ham yetib kelgan.
Shahar jamiyati yuqoridagilardan hamda o‘rganish ishlari natijalaridan kelib chiqqan holda, tashkilotning Toshkent shahridagi bosh ofisiga, iste’molchi tomonidan to‘langan 31 413 640 so‘m pul mablag‘ini to‘liq qaytarilishi yuzasidan da’vo talabnomasi kiritdi. Olib borilgan ishlar natijasi bilan esa iste’molchining yuqoridagi pul mablag‘i uning bank plastik kartasiga qaytarib tushirib berilishiga erishildi.
Azamatjon Babayev,
shahar jamiyati bosh mutaxassisi.
Post Comment