Hududiy birlashma tomonidan “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli grant loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlardan
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli grant loyihasi doirasida Markaziy bankning Farg‘ona viloyat bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda tasdiqlangan reja asosida viloyat hududidagi 10 ta oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun seminar-treninglar o‘tkazildi.
Grant loyihasi doirasida ko‘zda tutilgan vazifalardan biri – Farg‘ona davlat universitetida “Moliyaviy savodxonlik kutubxonasi”ni foydalanishga topshirish bo‘lib, kutubxona universitetning ushbu sohaga yaqin bo‘lgan fakulteti – Iqtisodiyot fakul’tetida tashkillandi. Kutubxonani tashkil qilish uchun hududiy birlashma tomonidan 120 nomdagi 230 dan ortiq, o‘quvchiga moliyaviy savodxonlik bo‘yicha bilimlar berish, bu boradagi huquqiy bilimlarni oshirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi ilmiy, ilmiy-ommabop va badiiy kitoblar xarid qilindi va fakultet kutubxona fondiga hadya qilindi.
Grant loyihasi doirasida “Men moliyaviy savodxonman” bir bosqichli ko‘rik-tanlovi ham o‘tkazilib, tanlovga viloyat hududidagi oliy va o‘rta ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari, korxona, tashkilot, idora va muassasalarda mehnat foaliyati olib borayotgan yoshlar ishtirok etdilar. Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-3 o‘rin sohiblariga hamda boshqa ishtirokchilarga mukofotlar hamda hududiy birlashmaning “Faxriy yorliq”lari topshirildi.
“Kelajagimiz bo‘lgan yoshlar moliyaviy savodxon bo‘lmog‘i zarur” nomli grant loyihasi doirasida «Moliyaviy svodxonlik – davr talabi» shiori ostida 10000 nusxada A3 formatdagi plakatlar ishlab chiqilib, Federatsiyaning viloyatdagi boshlang‘ich tashkilotlariga, ijtimoiy soha ob’ektlari (maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari)ga, bozorlar, savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa odam gavjum to‘planadigan joylarga joylashtirilmoqda.
Post Comment