Sotuvchi iste’molchi huquqini cheklay oladimi?
“Isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonunning 8-moddasiga ko`ra, isteʼmolchi shartnoma tuzish yo`li bilan tovarni erkin sotib olish huquqiga ega bo`lib, bu shartnomaga ko`ra sotuvchi isteʼmolchiga muayyan miqdordagi va maqbul sifatli tovarni mulk qilib topshirish majburiyatini, isteʼmolchi esa, shartlashilgan pulni to`lash majburiyatini o`z zimmalariga oladilar.
Yuqoridagi misolda isteʼmolchi va sotuvchi o`rtasida tuzilayotgan shartnomada uch kun ichida almashtirish to`g`risida gap bormoqda. Shuning bilan birgalikda, bu yerda sotuvchi tovarda biror nuqson chiqsa almashtiramiz demoqchimi yoki isteʼmolchiga tovarning biror isteʼmol xususiyati yoqmay qolsa almashtirib beramiz demoqchimi, shunga aniqlik kiritish kerak.
Mazkur qonunning 2-moddasiga ko`ra, qonun hujjatlari ushbu Qonunda belgilangan isteʼmolchilarning huquqlarini cheklab qo`yishi, ularni himoya qilishning kafolatlarini kamaytirishi mumkin emas.
Аmaldagi qonunda esa sotib olingan tovardan foydalanish davrida birorta nuqson chiqsa, isteʼmolchi uni kafolat muddati davomida, agar kafolat muddati belgilanmagan bo`lsa olti oy davomida almashtirib olish huquqiga egaligi belgilab qo`yilgan (13-modda).
Shuningdek, isteʼmolchi sotib olingan tovarni unda hech qanday nuqsonlar bo`lmasada, qandaydir isteʼmol xususiyatlari yoqmaganligi vaji bilan 10 kunlik muddat ichida ayni shunday tovarga almashtirib olishi mumkin. Lekin bunda ushbu tovar O`zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga ko`ra, almashtirib berilmaydigan tovarlar ro`yxatiga kiritilmagan bo`lishi kerak.
Demak, yuqoridagilardan ko`rinadiki, sotuvchining tovarni olib ketganingizdan keyin uch kun ichida olib kelsangiz almashtirib beramiz, undan keyin almashtirmaymiz qabilida gapirishi noto`g`ri bo`lib, bu uning amaldagi qonun talablarini bilmasligini ko`rsatadi yoki bilsa ham ataylabdan isteʼmolchini chalg`itmoqchi bo`layotganligini ko`rsatadi.
Hududiy birlashma Аxborot xizmati
Post Comment